UZ RU

Orzu sari odimlagan ayollar

mijoz

TBC

Kategoriya

Creative

AI

Social media & content

Vazifalar

Продакшн

Креатив

Sana

2024

main_image

Loyiha haqida

"O‘zbekistonning buyuk ayollari haqida 9 ta hikoya" - bu shunchaki loyiha emas, balki ayollar orzuga ega bo‘lsa, hamma narsaga qodir ekanliklarini eslatuvchi asar. Sun’iy intellekt va arxiv materiallari bazasi yordamida yaratilgan 9 ta videorolik orqali jasur ayollar O‘zbekiston tarixini qanday o‘zgartirgani haqida hikoya qildik.

G‘oya

Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash arafasida biz TBC Bank Uzbekistan bilan hamkorlikda nafaqat tabrik mazmunidagi kontent yaratishga, balki jamiyatimiz uchun muhim bo‘lgan mavzu - O‘zbekiston ilm-fani, san’ati va madaniyatini rivojlantirishda ayollarning o‘rni mavzusini ko‘tarishga qaror qildik.

images
images
images
images
images
images
images
images

Muammo

Biz uchun ayollarning imkoniyatlari haqidagi stereotiplarning asossizligi haqida gapirishgina emas, balki bu stereotiplar qanday barbod bo‘layotganining yorqin misollarini ko‘rsatish ham muhim edi.

Biz ushbu hikoyalar zamonaviy O‘zbekiston qizlari va ayollari uchun ilhom manbai va namuna bo‘lishini xohladik.

Yechim

Misol tariqasida biz turli sohalardagi dastlabki ayol mutaxassislarning hayot yo‘llarini tanladik. Arxiv materiallari, fotosuratlar, turli nashrlarda keltirilgan ma’lumotlarni parcha-parcha qilib yig‘ib, qahramonlarning hayoti va faoliyati haqida qisqacha hikoyalarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ldik

Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish

Shundan so‘ng, arxiv foto materiallari, videolavhalar, rassomlar tomonidan yaratilgan portretlar asosida qahramonlar obrazini qayta yaratish ishlari boshlandi. Sun’iy intellekt imkoniyatlari tufayli biz qahramonlarni "jonlantirish"ga, ular ijod qilgan va ishlagan muhitni modellashtirishga erishdik.

images
images

Kadrlar generatsiyasidan so‘ng eng qiziqarli bosqich - video yaratish boshlandi

Ommaviy axborot vositalarda tilga olinishi

Chop etilgan videolavhalar nafaqat jamiyatimiz uchun dolzarb va muhim mavzu tufayli, balki taqdim etishning g‘ayrioddiy uslubi sababli ham katta aks-sado uyg‘otdi. Ushbu holat televideniyedagi ko‘rsatuvlarda, kasbdoshlar hamjamiyatida va, albatta, ijtimoiy tarmoqlardagi auditoriya orasida sun’iy intellekt imkoniyatlarini muhokama qilishga namuna bo‘ldi.

big_image

Loyiha ustida ishlaganlar

Jamoa

Loyiha ustida ishlaganlar

Jamoa, Loyiha boshqaruvchisi: Marina Drijokova

Matn muharriri, Ijodkor: Viktoriya Yerofeeva

Sun’iy intellekt mutaxassislari: Elbek Nurmuhamedov, Hikmatilla Ubaydullayev, Sherbek Ergashev, Mirdiyor Ayubov

Hamkorlar

Qahramonlar obrazlari va ularning faoliyati tarixini qayta yaratishga yordam bergan manbalar:

  1. O‘zbekiston tarixidagi ayol kashfiyotchilar. Jahongir Azimov, Gazeta.uz 2. O‘zbek drama teatrining ilk aktrisalari. Rizo Ahmad, rizoakhmad.blogspot.com 3. O‘zbek raqsi afsonalari. BWG Production studiyasi 4. Tamaraxonim: Tengsiz ilhom parisi. Olga Fozilova, "Darakchi" gazetasi 5. "Badaxshon jannatini" yaratgan Ilariya. Dovudshoh Sulaymonshoh, ASIA-Plus axborot vositalari 6. O‘zbek san’atining gavhari - rassom Shamsroy Hasanova. Dilbar Saidova, "San’at" jurnali 7. Xadicha Sulaymonovna Sulaymonova. Sayyora Xo‘jayeva, "Toshkent haqida maktublar" axborot vositasi 8. Nelya Ataullayeva: "Hayotga oshiq". Mastura Ishoqova, "Toshkent haqida maktublar" axborot vositasi
Loyihani jonli ravishda tomosha qilish

Boshqa keyslar

aloqa

Keling, birgalikda ajoyib
loyiha yaratamiz?

Aloqa