UZ RU
Bo'sh ish o'rinlariga qaytish

Bo'sh ish o'rni

PR-manager

muddat: 29-02-2024

vacancy-image-1712x800-pr-manager-1

Biz haqimizda We Digital - AdAsia 2022 versiyasi bo‘yicha Markaziy Osiyodagi 1-raqamli SMM & Raqamli agentlik, shuningdek, O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasining 2023-yilgi reytingida Digital toifasida 1-o‘rinni egallagan.

Agentlik mijozlari orasida Uzum, Samsung, Nestle, NRG, Coca Cola, TBC Bank va boshqa 50 dan ortiq mahalliy hamda xalqaro brendlar bor.
Biz ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali biznes, marketologlar va ijodkorlar jamoasi bilan aloqa o‘rnatishni, maxsus loyihalar yaratishni, o‘z ishlarimiz va tajribalarimiz bilan o‘rtoqlashishni, kundalik hayotimizni ko‘rsatishni va O‘zbekistonda marketing sohasini rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shishni istaymiz.

We Digital’dagi PR-menejerning vazifalari:

  • Agentlik media va veb-saytini boshqarish va rivojlantirish
  • Media resurslar va blogerlar bilan hamkorlik qilish
  • Kontent yaratish jarayonini muvofiqlashtirish
  • Tadbirlarni tashkil etish va yoritish
  • PR-faoliyat samaradorligini tahlil qilish va uni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish
  • Agentlik atrofidagi hamjamiyatni kengaytirish
  • Tashqi loyihalarda ishtirok etish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish:
  • konferensiyalar, bloglar, suhbatlar, podkastlar va boshqalar
  • Tashqi hamkorlar va pudratchilар bilan aloqa o‘rnatish
  • Nomzodga qo‘yiladigan talablar
  • Samarali muloqot o‘rnatish qobiliyati
  • Rus va o‘zbek tillarini mukammal bilish, og‘zaki va yozma nutqning savodli bo‘lishi
  • PR yoki marketing kommunikatsiyalari sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi
  • Zamonaviy kommunikatsiya kanallarining ishlash tamoyillarini tushunish va amaliy bilimlar
  • O‘zbekiston va jahon marketing bozoridan xabardorlik (keyslar, tendensiyalar)
  • Jamoada ishlash qobiliyati

Shartlar:

Noyob loyihalar ustida ishlash orqali ajoyib portfolio yaratish imkoniyati;

Kasbiy rivojlanishingiz uchun ta’lim kurslarining 50% gacha qoplanishiga umid qilishingiz mumkin;

Xalqaro mutaxassislar tajribasidan foydalanish;

Qiziqarli jamoaviy tadbirlar;

5 kunlik ish haftasi soat 09:00 dan 18:00 gacha;

Raqobatbardosh ish haqi;

Agar ushbu lavozimga qiziqsangiz va talablarga javob bersangiz, iltimos, rezyume va portfoliongizni yuboring.

Ish jadvali: 5/2, soat 9:00 dan 18:00 gacha

Ish haqi: Suhbat yakuniga ko‘ra muhokama qilinadi.

Rezyumeni jobs@wedigital.uz manziliga yuborish mumkin

Топ!

Мы получили твое сообщение и
очень скоро рассмотрим его

Aloqa