UZ RU
Bo'sh ish o'rinlariga qaytish

Bo'sh ish o'rni

Junior Account manager

muddat: 29-02-2024

Frame 1948760483 (1)

Biz haqimizda:

We Digital - AdAsia 2022 versiyasi bo‘yicha Markaziy Osiyodagi 1-raqamli SMM & Raqamli agentlik, shuningdek, O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasining 2023-yilgi reytingida Digital toifasida 1-o‘rinni egallagan.

Agentlik mijozlari orasida Uzum, Samsung, Nestle, NRG, Coca Cola, TBC Bank va boshqa 50 dan ortiq mahalliy hamda xalqaro brendlar bor.

Biz ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali biznes, marketologlar va ijodkorlar jamoasi bilan aloqa o‘rnatishni, maxsus loyihalar yaratishni, o‘z ishlarimiz va tajribalarimiz bilan o‘rtoqlashishni, kundalik hayotimizni ko‘rsatishni va O‘zbekistonda marketing sohasini rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shishni istaymiz.

Majburiyatlar:

Texnik topshiriqlarni tayyorlash;

Mijoz bilan hujjat aylanmasini to‘liq ta’minlash;

Tijorat takliflarini ishlab chiqish;

Smetalarni hisoblash;

Taqdimotlar o‘tkazish;

Muddatlar va so‘nggi muhlatlarga rioya etilishini nazorat qilish;

Bajarilgan ishlar bo‘yicha teskari aloqani shakllantirish;

Jamoa taqvimidagi vaqtlarni boshqarish;

Kutilmagan vaziyatlarni hal etish yo‘llarini izlash;

CRM tizimida ishlash;

Talablar:

O‘zbek va rus tillarini bilish

Marketing sohasida ish tajribasi afzal;

Raqamlar bilan ishlash ko‘nikmasi;

Mas’uliyatlilik;

Turli murakkab vaziyatlarda yechim topa olish qobiliyati;

Jamoada ishlash ko‘nikmalari;

Ko‘p vazifali bo‘lish;

Ustuvorliklarni belgilash qobiliyati;

Ishbilarmonlik muloqoti ko‘nikmalari

Shartlar:

Noyob loyihalar ustida ishlash orqali ajoyib portfolio yaratish imkoniyati;

Kasbiy rivojlanishingiz uchun ta’lim kurslarining 50% gacha qoplanishiga umid qilishingiz mumkin;

Xalqaro mutaxassislar tajribasidan foydalanish;

Qiziqarli jamoaviy tadbirlar;

5 kunlik ish haftasi soat 09:00 dan 18:00 gacha;

Raqobatbardosh ish haqi;

Agar ushbu lavozimga qiziqsangiz va talablarga javob bersangiz, iltimos, rezyume va portfoliongizni yuboring.

Ish jadvali: 5/2, soat 9:00 dan 18:00 gacha

Ish haqi: Suhbat yakuniga ko‘ra muhokama qilinadi.

Rezyumeni jobs@wedigital.uz manziliga yuborish mumkin

Топ!

Мы получили твое сообщение и
очень скоро рассмотрим его

Aloqa