UZ RU
Bo'sh ish o'rinlariga qaytish

Bo'sh ish o'rni

Digital mutaxassis

muddat: 29-02-2024

vacancy-image-1712x800-digital-manager-1

Biz haqimizda

We Digital - AdAsia 2022 versiyasi bo‘yicha Markaziy Osiyodagi 1-raqamli SMM & Raqamli agentlik, shuningdek, O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasining 2023-yilgi reytingida Digital toifasida 1-o‘rinni egallagan.

Agentlik mijozlari orasida Uzum, Samsung, Nestle, NRG, Coca Cola, TBC Bank va boshqa 50 dan ortiq mahalliy hamda xalqaro brendlar bor.

Biz ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali biznes, marketologlar va ijodkorlar jamoasi bilan aloqa o‘rnatishni, maxsus loyihalar yaratishni, o‘z ishlarimiz va tajribalarimiz bilan o‘rtoqlashishni, kundalik hayotimizni ko‘rsatishni va O‘zbekistonda marketing sohasini rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shishni istaymiz.

Biz We Digital marketing agentligimizga - Digital mutaxassis izlayapmiz!

Vazifalar:

Meta/Google/Yandex/Telegram ads/VK va boshqa platformalarda targ‘ibot strategiyalarini ishlab chiqish.

Barcha bosqichlarni rejalashtirish va byudjetini tuzish;

Reklamalarni sozlash va barcha bosqichlarda strategiyalar realizatsiyasini boshqarish;

Maqbullashtirish;

Ma’lumotlarni tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash.

Talablar:

Marketing sohasidagi asosiy bilimga ega bo‘lish;

Kamida 3 yillik ish tajribasi;

Ko‘p vazifalarni bajara olish, tahliliy ko‘nikmalar, jamoa bilan ishlash qobiliyati.

Shartlar:

Noyob loyihalar ustida ishlash orqali ajoyib portfolio yaratish imkoniyati;

Kasbiy rivojlanishingiz uchun ta’lim kurslarining 50% gacha qoplanishiga umid qilishingiz mumkin;

Xalqaro mutaxassislar tajribasidan foydalanish;

Qiziqarli jamoaviy tadbirlar;

5 kunlik ish haftasi soat 09:00 dan 18:00 gacha;

Raqobatbardosh ish haqi;

Agar ushbu lavozimga qiziqsangiz va talablarga javob bersangiz, iltimos, rezyume va portfoliongizni yuboring.

Ish jadvali: 5/2, soat 9:00 dan 18:00 gacha

Ish haqi: Suhbat yakuniga ko‘ra muhokama qilinadi.

Rezyumeni jobs@wedigital.uz manziliga yuborish mumkin

Топ!

Мы получили твое сообщение и
очень скоро рассмотрим его

Aloqa